Yangiliklar
Avgust 18, 2025 Shovot tumanida qonunchilik hujjatlarining ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar Avgust 12, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi? Avgust 08, 2025 Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik O.A.Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 06, 2025 Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasi mazmuni nimalardan iborat? Avgust 04, 2025 Bo‘sh yer uchastkalarini Master rejalar asosida onlayn-auksion savdolarida sotilishi yo‘lga qo‘yildi. Avgust 04, 2025 Aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish Avgust 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 29, 2025 G‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekilmoqda Iyul 28, 2025 Rasmiy munosabat Iyul 25, 2025 #AXBOROT

#AXBOROT

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2025-yilning 2-choragida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan AXBOROT

Joriy yilning 2-choragi davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 16.506.416.067 so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlar (voyaga yetmagan bolalar uchun aliment, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan talablar, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik to‘lovlari va boshqalar)ni undirish haqida 2425 ta sud buyrug‘i chiqarildi.

Shuningdek, 1300 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, ularning 860 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirilgan bo‘lsa, 111 tasi bo‘yicha talablarni qanoatlantirishdan rad qilingan, 323 tasi bo‘yicha da’volar ko‘rmasdan qoldirilgan bo‘lsa, 6 tasi bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.

Ko‘rib tamomlangan fuqarolik ishlardan 493 tasi bitimlar, 142 tasi nikohdan ajratish, 98 tasi uy-joy munosabatlari, 87 tasi alohida toifadagi ishlar, 77 tasi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzish hamda 11 tasi otalikni belgilash bilan bog‘liq va boshqa toifadagi ishlarni tashkil qiladi.

Nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlar tahliliga ko‘ra, ko‘rib tamomlangan ishlarning 79 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan (nikohlar bekor qilingan), 47 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan (nikohlar bekor qilinmagan), 15 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 1 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK