Yangiliklar
Iyun 05, 2025 #MUROJAAT May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda May 20, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi May 14, 2025 Aholini roʻyxatga olish xususiyatlari May 13, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI May 06, 2025 Xorazm viloyati fermerlari Kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga murojaati May 06, 2025 #MUROJAAT May 05, 2025 2025-yil uchun Xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida. Aprel 25, 2025 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2025-yilning 1-choragida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan axborot Aprel 25, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi?

Konstitutsiya qonun ustuvorligi garovi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi “Konstitutsiya va qonunning ustunligi” deb nomlanib, mazkur bob Konstitutsiyamizning Asosiy prinsiplar bo‘limida joylashgan. Nazariyadan ma’lumki, prinsip deganda rahbariy qoidalar nazarda tutiladi.

Agar Konstitutsiyaning boshqa bo‘limlari o‘rtasida qandaydir tushunmovchilik kelib chiqadigan bo‘lsa, masala nazariyaga ko‘ra asosiy prinsiplarga tayanilib hal qilinishi kerak. Shu ma’noda qonun ustuvorligining Asosiy prinsiplar bo‘limida joylashtirilganligi mamlakatimizda mazkur prinsipga alohida ahamiyat berilganidan dalolatdir.

Konstitutsiyaning mazkur bobidagi hamda boshqa normalarida mustahkamlangan qoidalarni tahlil qilish quyidagi fikrlarni keltirib chiqaradi: birinchidan, O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Ikkinchidan, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. Uchinchidan, birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.

Bundan tashqari mamlakatimizda qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslari ham yaratilgan. Avvalambor, bu O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili hisoblanishi, qonunlarning bajarilishi ustidan parlament, jamoatchilik va idoraviy hamda adliya organlarining nazorati o‘rnatilganligi, Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘rishi, sudning faoliyati qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilganligi, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanganligi, qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan prokurorlik nazorati mustahkamlanganligi, tashkilotlarda yuridik xizmatlar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi kabilarda bevosita namoyon bo‘ladi.

Qonunchiligimizda huquqiy ekspertiza, qonun hujjatlarini ta’sirini baholash tizimi, monitoring, idoraviy hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kabi huquqiy vositalar ham belgilangan bo‘lib, bular ham qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim elementlarini tashkil etadi.

Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomda qonun ustuvorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan jamiyat va davlat qurilishi sohasida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-2733-sonli Qarorida davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish belgilangan.

Qonun ustuvor bo‘lgan davlatda erkinlik, adolat, tenglik kafolatlanadi, hokimiyatning shaxsga ta’siri chegaralanadi, inson huquqlari himoyalanadi, mulk huquqiga rioya qilinadi, odil sudlov mustaqil bo‘lib, samarali amalga oshiriladi.

Xulosa qilib aytganda, qonun ustuvorligi jamiyatda erkinlik, adolat, tenglik kafolatlanishini, inson huquqlari himoyalanishini, mamlakat iqtisodi barqaror o‘sishi uchun tadbirkorlarda, chet ellik investorlarda mustahkam ishonchni shakllanishining mustahkam garovidir.

 

Islom Sadiqov,

Shovot tuman adliya bo‘limi
yetakchi maslahatchisi

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK