Yangiliklar
Avgust 23, 2025 Jamiyat ishtirokchilari o‘rtasidagi nizolar yuzasidan tushuntirish Avgust 23, 2025 SIFATLI DEFOLIATSIYA - ERTACHI VA MO‘L HOSIL GAROVIDIR Avgust 18, 2025 Shovot tumanida qonunchilik hujjatlarining ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar Avgust 12, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi? Avgust 08, 2025 Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik O.A.Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 06, 2025 Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasi mazmuni nimalardan iborat? Avgust 04, 2025 Bo‘sh yer uchastkalarini Master rejalar asosida onlayn-auksion savdolarida sotilishi yo‘lga qo‘yildi. Avgust 04, 2025 Aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish Avgust 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 29, 2025 G‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekilmoqda

2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda

  1. Aholini roʻyxatga olish zarurati faqat demografik koʻrsatkichlar bilan chegaralanib qoladimi?

Aholini roʻyxatga olish maʼlum bir sanada Oʻzbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi, uy-joy bilan taʼminlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil maʼlumot olishga yordam beradi.

  1. Shuningdek, roʻyxatga olish nimani beradi?

Aholi jon boshiga makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq koʻrsatib beradi.

Natijalar hududlarni rivojlantirish, ayollar va bolalar salomatligini saqlash boʻyicha ishlarning manzilli amalga oshirilishi uchun ham axborot manbasi boʻlib xizmat qiladi.

      3. Joriy yilda Axolini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha nimalar amalga oshirildi?

Bu jarayon barcha sohalar qatori  aholini roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonida ham katta ahamiyatga ega. Shunga asosan joriy yilning 28-aprelidan 2-mayiga qadar viloyat boʻyicha tanlab olingan Urganch shahridagi “Kamolot” hamda Xiva tumanidagi “Shomaxulum” mahallalarida “Raqamli mahalla” platformasidagi maʼlumotlarning sifati, aniqligi va shaffofligini oʻrganish ishlari olib borildi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi  mutaxassislari hamda intervyuyerlaridan iborat ishchi guruh tomonidan yuqoridagi mahallalarda aholi xatlovi amalga oshirilmoqda. Bu oʻz navbatida “Raqamli mahalla” platformasidagi maʼlumotlarning sifati, aniqligi va shaffofligini oʻrganish hamda aholini roʻyxatga olish ishlariga yanada puxta tayyorgarlik koʻrish imkonini beradi.

Aholini roʻyxatga olish esa 2025-2026 yillarda oʻtkazilishi, natijalar 2026-2027 yillarda tayyorlanishi va eʼlon qilinishi belgilangan.

Shovot tumani statistika bo‘limi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK