Yangiliklar
Iyun 05, 2025 #MUROJAAT May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda May 20, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi May 14, 2025 Aholini roʻyxatga olish xususiyatlari May 13, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI May 06, 2025 Xorazm viloyati fermerlari Kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga murojaati May 06, 2025 #MUROJAAT May 05, 2025 2025-yil uchun Xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida. Aprel 25, 2025 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2025-yilning 1-choragida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan axborot Aprel 25, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning farmoni bilan pensiya miqdori oshirildi.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning farmoni bilan pensiya miqdori oshirildi.

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning farmoni bilan pensiya miqdori oshirildi.

         “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 apreldagi  PF-128-sonli farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 maydan yoshga doir, nogironlik va boquvchisni yo‘qotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshiriladi va shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida pensiya va nafaqalar miqdori quydagicha belgilanadi:

- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori -oyiga 324000 so‘m;

- yoshga doir eng kam pensiya - oyiga 633000 so‘m;

- nogironlik pensiyalari, ish staji to‘liq bo‘lmagandagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori  - oyiga  698000 so‘m;

- mehnatga layoqatsizlarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lganlarga beriladigan nafaqa - oyiga 698000 so‘m;

- 1941-1945 yillardagi urushda nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad qamal qilinganda ishlaganlarning eng kam pensiyasi ustamalarni inobatga olgan holda - oyiga  3 080 000 so‘m;

- belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (633000 so‘mdan) 698000 so‘mgacha pensiya oluvchilaring yoshga doir pensiyalari miqdori - oyiga  698000 so‘m;    

         Shuningdek, 2022 yil 1 maydan:

- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – 500000 so‘m;

- ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori  qo‘shimcha  to‘lovni hisobga  olgan  holda - oyiga 500000 so‘m;

- boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun nafaqa miqdori - 500000 so‘m etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun - 185000 so‘mdan qo‘shiladi;

- boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun pensiya miqdori - 500000 so‘m etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanishi belgilab qo‘yildi.

Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va to‘lovlarni tashkil qilish sho‘basi yetakchi inspektori   D.Raximov.

 

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK