Yangiliklar
Iyun 05, 2025 #MUROJAAT May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda May 20, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi May 14, 2025 Aholini roʻyxatga olish xususiyatlari May 13, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI May 06, 2025 Xorazm viloyati fermerlari Kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga murojaati May 06, 2025 #MUROJAAT May 05, 2025 2025-yil uchun Xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida. Aprel 25, 2025 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2025-yilning 1-choragida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan axborot Aprel 25, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi?

RASMIY MUNOSABAT

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

RASMIY MUNOSABAT

“You tube” tarmoqidagi, “Beshmerganda odamlar mahalla raisi saylovidan norozi” mazmunda tarqalgan video murojaat yuzasidan

RASMIY MUNOSABAT

Yuqoridagi mazmunda tarqalgan video xabar yuzasidan Shovot tumani hokimligi axborot xizmati shuni malum qiladiki, “Beshmergan” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi sayloviga nomzodlar bo‘yicha mahalla ishchi guruhi tomonidan saylovga ko‘maklashuvchi tuman komissiyasiga tavfsiyanoma hamda nomzodlarning tegishli hujjatlari taqdim qilingan.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi qonuning tegishli moddalariga asosan ishchi guruh tomonidan taqdim qilingan hujjatlar o‘rganib chiqilib, belgilangan muddatda nomzodlar yuzasidan tuman hokimining xulosalari ishchi guruhga taqdim qilish uchun tegishli komissiyaga yuboriladi.

Mahalla fuqarolari tomonidan tushunmovchilik yuzaga kelib, Qonunda belgilangan muddatni hisobga olmasdan yani, nomzodlar to‘g‘risidagi hujjatlar komissiya tomonidan o‘rganish ishlari davom qilayotga davrda mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga Sharifzoda Uyg‘un nomzodini kiritib berishni talab qilishgan.

Qonun doirasida belgilangan muddatda mahalla fuqarolari yig‘ini raisligiga nomzodlar to‘g‘risida hokim xulosalari tegishli komissiyaga yuborilib ishchi guruhga taqdim qilindi.

Beshmergan mahalla fuqarolari yig‘ini raisligiga bo‘lib o‘tgan saylovda Sharifzoda Uyg‘un nomzodi 98% ovoz to‘plab “Beshmergan” mahalla fuqarolari yig‘ini raisligiga tasdiqlandi.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK