Yangiliklar
Iyun 05, 2025 #MUROJAAT May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda May 20, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi May 14, 2025 Aholini roʻyxatga olish xususiyatlari May 13, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI May 06, 2025 Xorazm viloyati fermerlari Kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga murojaati May 06, 2025 #MUROJAAT May 05, 2025 2025-yil uchun Xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida. Aprel 25, 2025 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2025-yilning 1-choragida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan axborot Aprel 25, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi?

RASMIY MUNOSABAT

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Bu noqonuniyliklarda kimning qo‘li bor. Tez kunlarda barchasi fosh bo‘ladi.” mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.  


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.02.2013 yildagi №-54-sonli qaroriga asosn, Shovot tumani hokimining 28.01.2017 yildagi №-354-sonli qarori bilan “Shoxobod trans servis” MChJga, Shovot shaharchasi K.Otaniyazov ko‘chasidan “Yo‘nalishi taksilar to‘xtash joyi” uchun jami 950 kv.metr yer maydoni vaqtinchalik foydalanish uchun ajratilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan Shovot tumani hokimining 28.01.2017 yildagi №-354-sonli qarori bekor bo‘lmagan va “Yo‘nalishli taksilar to‘xtash joyi” uchun ajratilgan yer maydoni tuman hokimligi zahirasiga olinmagan. Shovot tumani hokimining 28.01.2017 yildagi №-354-sonli qarori Davlat kadastrlar palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining Shovot tumani filali tomonidan yer uchastkasiga kadastr sur’ati tayyorlanib, tuman qurilish bo‘limi tomonidan hudud qizil chiziq bilan belgilab berilgan va “Shoxobod trans servis” MChJga Shovot shaharchasi K.Otaniyazov ko‘chasidan “Yo‘nalishli taksilar to‘xtash joyi” uchun 950 kv.metr yer maydoni huquq turi vaqtincha deb 05.10.2021 yildagi №-1733230/R-A2110872 raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. “Shoxobod trans servis” MChJ  rahbari tomonidan sudga, o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan ma’suliyati cheklangan jamiyatga tegishli bo‘lgan K.Otaniyazov ko‘chasida joylashgan yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilishlarni bartaraf qilib berishni so‘rab da’vo ariza bilan murojaat qilgan. 2022 yil 11-noyabrdagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining qaroriga asosan, Shuxrat Normetov tomonidan “Shoxobod trans servis” MChJga tegishli yer maydonlarida egallab olingan 71.40 kv.metr noqonuniy qurilishni buzib olish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Fuqaro Shuxrat Normetov va boshqalar tomonidan “Shoxobod trans servis” MChJga tegishli kadastr hujjalarini haqiqiy emas deb topishni so‘rab sudga murojaat qilganlar. Ushbu murojaatga asosan Urganch tumanlararo ma’muriy sudining 2022 yil 29-noyabrdagi №-5-2201-2204/984-sonli qaroriga asosan, Shovot tumani hokimining 2017 yil 28-yanvardagi №-354-sonli qaroriga asosan Shovot shaharchasi K.Otaniyazov ko‘chasi hududida joylashgan 950.0 kv.metr yer maydoniga nisbatan “Shoxobod trans servis” MChJga mulk huquqini 05.10.2021 yildagi №-1733230/R-A2110872 raqam bilan davlat ro‘yxatiga oliganligini va kadastr hujjatlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi arizasini qanoatlantirish rad etilgan. Fuqaro Shuxrat Normetov ijtimoiy tarmoqdagi murojaatida hokim, arxitektura,  kadastr xodimlari tomonidan “Shoxobod trans servis” MChJga Shovot tumani hokimining 28.01.2017 yildagi №-354-sonli qaroriga asosan tumandagi “Paxtakor” mahallasidan yer maydoni ajratib berilgan deb aytib o‘tgan. Shovot tumani hokimining 28.01.2017 yildagi №-354-sonli qaroriga asosan “Shoxobod trans servis” MChJga Shovot shaharchasi K.Otaniyazov ko‘chasidan yer maydoni ajartilganligi ushbu qaror bilan boshqa hududidan yer maydoni ajratilmagan va kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmaganligi oʻrganish jarayonida ma’lum boʻldi. Shovot tumani K.Otaniyazov ko‘chasida joylashgan Shuxrat Normetov video murojaatda Stamotologiya binosi deb ko‘rsatgan bino o‘zboshimchalik bilan qurilgan bo‘lib, Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati Shovot tumani filialidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK