Yangiliklar
Iyun 05, 2025 #MUROJAAT May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda May 20, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi May 14, 2025 Aholini roʻyxatga olish xususiyatlari May 13, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI May 06, 2025 Xorazm viloyati fermerlari Kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga murojaati May 06, 2025 #MUROJAAT May 05, 2025 2025-yil uchun Xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida. Aprel 25, 2025 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2025-yilning 1-choragida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan axborot Aprel 25, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi?

RASMIY MUNOSABAT

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

RASMIY MUNOSABAT

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi “El-tuz” nomli telegram kanalida “Shovot tumani hokimining og‘zaki topshirig‘iga asosan budjet tashkiloti xodimlari oylik maoshidan “bu Prezident ko‘rsatmasiga asosan qiliniyapti” deb qandaydir hisob raqamlariga yoki tashkilotdagi biror xodimning plastik kartasiga majburlab pul o‘tkazilish holatlari bo‘layabdi” mazmunida xabar tarqalgan.

Ushbu tarqalgan xabar yuzasidan Shovot tumani hokimligi axborot xizmati quydagilarni ma’lum qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi tegishli farmoyishi asosida joriy yilning 30 aprel kuni "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari Respublika miqiyosida o‘tkazildi.

Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlar asosiz bo‘lib, tuman hokimligi tomonidan hech qanday hisob raqamiga yoki plastik kartasiga pul o‘tkazish bo‘yicha tumandagi budjet tashkilotlari xodimlariga og‘zaki va yozma ko‘rsatma berilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bu kabi feyk xabarlar asosiz ekanligini bildiramiz.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK