Yangiliklar
Iyun 05, 2025 #MUROJAAT May 30, 2025 2025-2026 yillarda Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda May 20, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi May 14, 2025 Aholini roʻyxatga olish xususiyatlari May 13, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI May 06, 2025 Xorazm viloyati fermerlari Kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga murojaati May 06, 2025 #MUROJAAT May 05, 2025 2025-yil uchun Xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida. Aprel 25, 2025 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2025-yilning 1-choragida ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan axborot Aprel 25, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi?

Shovot tumani hokimi Odilbek Artiqovning tuman yoshlariga bayram tabrigi

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Shovot tumani hokimi Odilbek Artiqovning tuman yoshlariga bayram tabrigi

Shovot tumani hokimi Odilbek Artiqovning tuman yoshlariga bayram tabrigi

Аssalomu alaykum ertangi kunimiz egalari aziz yoshlar, qadrli o‘g‘il qizlarim barchangizni o‘ttizinchi iyun “Yoshlar kuni” bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Yoshlik o‘zining oliyjanob tashabbusi, sofdillikka, adolatga, bashariy haqiqatga behudud intilishi bilan taraqqiyotning buyuk kuchlaridan birini tashkil qiladi.

Bugungi kunda muhtaram yurtboshimiz boshchiliklarida yoshlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularning orzu intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralayotganligini barchamiz yaxshi bilamiz.

Bunga javoban yoshlarimiz bilim va salohiyati bilan nafaqat yurtimiz, balki jahon miqyosida o‘zlarini namoyon etayotir.

O‘ttizinchi iyun - O‘zbekiston Respublikasi «Yoshlar kuni» etib belgilangani farzandlarimiz uchun o‘ziga xos quvonchli bayram bo‘lishi bilan birga ularni yangi, yuksak marralarga chorlovchi beqiyos rag‘bat bo‘lishiga shubha yo‘q.

Har bir yoshga el-yurtimiz faxrlanadigan jonajon O‘zbekistonimizning munosib farzandi, haqiqiy inson bo‘lish baxti nasib etsin.

O‘qish-o‘rganish, doimiy izlanish, ilm- fanga, taraqqiyot cho‘qqilarnini egallashga intilib yashash doimo hamrohingiz bo‘lsin.

Qadrli o‘g‘il-qizlarim sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab barchangizga yangi yutuqlar, baxt va omad tilayman.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK