Yangiliklar
Sentyabr 18, 2025 Shovot tumani IIB rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillarini qabul qilish jadvali Sentyabr 17, 2025 Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar. Sentyabr 16, 2025 Aholini ro‘yxatga olish anketasini takomillashtirish Sentyabr 15, 2025 E'lon Sentyabr 05, 2025 Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi Sentyabr 03, 2025 QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARINI REALIZATSIYA QILISHDAGI ISLOHOTLAR Avgust 26, 2025 #Ochiq_muloqot Avgust 26, 2025 AHOLINI ROʻYXATGA OLISH TARIXI Avgust 25, 2025 Shovot tumani prokurori Ravshanbek Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 25, 2025 Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik O.A.Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI

Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Sud tizimi sohasida muhim o‘zgarishlar.

Bugungi kunda barpo etilayotgan yangi O‘zbekistonning o‘ziga xos davlatchiligi mazmun-mohiyatini boyitadigan, tarixan katta ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy ishlarning amalga oshirilib kelinayotganligini xususan, sud tizimida ham muhim va keng ko‘lamli o‘zgarishlar bo‘layotganligini guvohi bo‘lib turibmiz.

Joriy yilning 21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-140-sonli Farmon imzolanishi sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarni joriy etish etish uchun qulay shart sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu sud tizimida sudyalar zimmasiga yanada katta mas’uliyat yuklashi, shu bilan birga ularning huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratish bilan birga fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishning ustuvor maqsadlari etib belgilandi.

Jumladan, Farmonda 2026-yil 1-yanvardan boshlab iqtisodiy sudlar tizimida tashkiliy-tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, iqtisodiy sudlarni maqbullashtirish orqali tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarini tugatish va Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo iqtisodiy sudlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilandi.

Bu esa iqtisodiy sudlar tuzilmasini optimallashtirish orqali ularning faoliyati samaradorligini oshirish va yagona sud amaliyotini shakllantirishni nazarda tutadi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining sudyasi   U.Berdiyev

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK