Yangiliklar
Avgust 23, 2025 Jamiyat ishtirokchilari o‘rtasidagi nizolar yuzasidan tushuntirish Avgust 23, 2025 SIFATLI DEFOLIATSIYA - ERTACHI VA MO‘L HOSIL GAROVIDIR Avgust 18, 2025 Shovot tumanida qonunchilik hujjatlarining ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar Avgust 12, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi? Avgust 08, 2025 Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik O.A.Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 06, 2025 Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasi mazmuni nimalardan iborat? Avgust 04, 2025 Bo‘sh yer uchastkalarini Master rejalar asosida onlayn-auksion savdolarida sotilishi yo‘lga qo‘yildi. Avgust 04, 2025 Aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish Avgust 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 29, 2025 G‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekilmoqda

Aholini roʻyxatga olish qachondan oʻtkazila boshlangan?

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Aholini roʻyxatga olish qachondan oʻtkazila boshlangan?

Aholini dastlabki roʻyxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda oʻtkazilgan. Lekin, bu aholi roʻyxatlarining maqsadi aholidan soliq yigʻish, yaʼni boj olish hamda harbiy maqsad uchun aholi sonini aniqlash boʻlgan. Shuning uchun ham, bu aholi roʻyxatlarida asosan erkaklar roʻyxatga olingan. Chunki, u paytlarda erkaklarning iqtisodiy oʻrni yuqori boʻlgan, soliq toʻlashda faqat erkaklar, yaʼni oila boshliqlari qatnashgan.

Aholini eng birinchi rasmiy roʻyxatga olish 1790 yilda AQSHda, keyinchalik 1800 yilda Shvetsiya va Finlyandiyada, 1801 yilda – Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada oʻtkazilgan. Ammo, bu aholi roʻyxatlari juda oddiy shaklda hamda uzoq muddatga choʻzilgan. Masalan, birinchi AQSHda aholini roʻyxatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan. XIX asrga kelib, aholini roʻyxatga olish juda kengaydi. Qator Yevropa mamlakatlarida statistika tashkilotlari tuzildi. Aholini roʻyxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borilishi yoʻlga qoʻyildi. Xususan, 1870-1879 yillarda dunyoning 48 ta, 1890 yillarda esa 57 ta davlatida aholi roʻyxati oʻtkazilgan. XIX asr oxirida dunyo aholisining 21 foizi roʻyxatga olingan boʻlsa, XX asr boshida 54 foiz aholi roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin, aholini roʻyxatga olish tizimi yanada takomillashtirildi.  1945-1954 yillarda – 151 ta davlatda, 1965-1974 yillarda – 179 ta davlatda aholi roʻyxati oʻtkazilgan. Hozirgi paytda, dunyodagi deyarli barcha davlatlarda aholini roʻyxatga olish ishlari olib borilmoqda.

Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini oʻrganishda mamlakat hududida oʻtkazilgan aholi roʻyxati maʼlumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, Oʻzbekiston hududida dastlabki aholi roʻyxati 1897 yilda oʻtkazilgan boʻlib, ushbu roʻyxat maʼlumotlari XIX asr oxirida Oʻzbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tugʻilish, oʻlim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam bergan. Oʻzbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini roʻyxatga olish ishlari tashkil etilgan.

Koʻpgina mamlakatlarda aholini roʻyxatga olish qonun bilan tartibga solinishi mustahkamlab qoʻyilgan.

Masalan, Buyuk Britaniyada 1920 yilda Qoʻshma Qirollikda aholini roʻyxatga olish qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunda aholini roʻyxatga olishning barcha qoidalari, fuqarolar, uy xoʻjaliklari, korxonalar va muassasalarning qaysi toifalari roʻyxatga olinishi, aholini roʻyxatga olishni kim oʻtkazishi, soʻrov varaqalari qanday boʻlishi kerakligi belgilab qoʻyilgan. Bundan tashqari, aholini roʻyxatga oladigan hisobchilarni yollash qoidalari, ularning xizmat vazifalari hamda aholini roʻyxatga olish qoidalari koʻrsatilgan.

Shovot tumani statistika bo‘limi

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK