Yangiliklar
Avgust 23, 2025 Jamiyat ishtirokchilari o‘rtasidagi nizolar yuzasidan tushuntirish Avgust 23, 2025 SIFATLI DEFOLIATSIYA - ERTACHI VA MO‘L HOSIL GAROVIDIR Avgust 18, 2025 Shovot tumanida qonunchilik hujjatlarining ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar Avgust 12, 2025 Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi? Avgust 08, 2025 Shovot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik O.A.Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI Avgust 06, 2025 Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasi mazmuni nimalardan iborat? Avgust 04, 2025 Bo‘sh yer uchastkalarini Master rejalar asosida onlayn-auksion savdolarida sotilishi yo‘lga qo‘yildi. Avgust 04, 2025 Aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish Avgust 04, 2025 #MUROJAAT Iyul 29, 2025 G‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekilmoqda

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratishning yangi tizimi joriy qilindi.

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratishning yangi tizimi joriy qilindi.

Yer ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini yanada takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish orqali paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega va eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishni ko‘paytirish, oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida Muhtaram Prezidentimizning 2025 yil 3-fevraldagi Farmoni bilan yangi tizim joriy etildi.

Unga ko‘ra, yer uchastkalari konturlar yaxlitligi va sug‘orish tizimini buzmagan holda 3 gektardan 50 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda “E-auksion” savdo platformasida elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi belgilandi.

Elektron onlayn auksion savdolarida yashash joyidan (yuridik manzilidan), tashkiliy-huquqiy shaklidan, boshqa yer uchastkasi bor yoki yo‘qligidan qat‘i nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar (rezidentlar), shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ishtirok etishi mumkin. Bunda auksion g‘olibi keyinchalik yer uchastkasi joylashgan viloyatda yuridik shaxs tashkil etishi yoki o‘zining yuridik manzilini shu hududga ko‘chirishi lozim.

Elektron onlayn auksion savdolari orqali aniqlanadigan yer uchastkasiga ijara huquqini olish uchun to‘lovlar 15 ish kuni ichida to‘liq to‘lanishi shart.

Shuningdek, boshlang‘ich narx yer uchastkasi normativ qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi hamda sotilmagan lotlar har besh kun ichida lotning narxini 10 foizdan boshlang‘ich narxning 20 foizigacha bosqichma-bosqich pasaytirgan holda takroriy auksionga chiqariladi.

Yangi tizim doirasida elektron onlayn auksion g‘olibi – ijaraga oluvchi:

yer uchastkasidan qirq to‘qqiz yil ijara huquqi asosida foydalanish, keyinchalik ijara muddatini qonunchilikka muvofiq uzaytirishi;

qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlarini, shuningdek, ularni yetishtirish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish usullarini mustaqil ravishda belgilash, shu jumladan, paxta va g‘alla ekinlarini faqat o‘zi ma‘qul deb hisoblagan taqdirdagina yetishtirish;

Yer kodeksiga muvofiq ijara shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlari va majburiyatlarini tekinga yoki haq evaziga ijara muddati davomida boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish), yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish;

yer tuzish loyihasiga muvofiq dala chetida 20 sotixdan ko‘p bo‘lmagan, lekin ijaraga berilgan kontur maydonining bir foizidan oshmagan qismida qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali muzlatkichli omborxonalar, saralash, qadoqlash joylari, suv tejovchi texnologiyalar, dala shiyponi, texnika parki) joylashtirish kabi huquqlarga ega bo‘ladi.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Xorazm viloyati hududiy vakili                                   M.Ishchanov

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK